TIBBIYOT — KORRUPSIYADAN HOLI SOHA!

8–11-sentabr kunlari mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida “Tibbiyot — korrupsiyadan holi soha” mavzusida Ochiq eshiklar kunlari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasida ham aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.
Tibbiy ko‘riklar 3 kun davomida o‘tkazilib, fuqarolarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Malakali shifokorlar tomonidan fuqarolarning salomatligi ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiya va maslahatlar berilmoqda.
 Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga sifatli va ochiq tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni keng targ‘ib qilishdir.
11-09-2026, 14:29
Ko'rishlar: 21
Sahifani chop etish